Madridning «Real» klubi bosh murabbiy Zinedin Zidan «Barselona» ustozi Ronald Kumanning hakamlar borasida gapirgan gaplariga o'z munosabatini bildirdi.
«Bu meni g'azablantiradi, chunki men hech qachon hakamlar masalasida gapirmayman. Hakamlar uchrashuvning bir qismi hisoblanishadi, ular ham gohida haq bo'lishadi, gohida nohaq. Futbolchilarda ham shunday. Men hech qachon hakamlarning ishlariga aralashmayman. Kumanning so'zlarini muhokama qilish niyatida emasman, mening barcha e'tiborim ertangi o'yinga qaratilgan», - Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqa elespanol.
Eslatib o'tamiz, Kuman «Real» hamda «Eybar» jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqargan hakamni tanqid qilgandi. Niderlandiyalik mutaxassisning fikricha, hakam o'yinning so'nggi daqiqalarida «qaymoqranglilar» darvozasiga penalti belgilamagan.