Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'tgan mavsum yakuniga ko'ra, eng yaxshi murabbiy sifatida Migel Munos sovrinini qo'lga kiritdi. Frantsiyalik mutaxassis ushbu sovrinni o'z shogirdlariga bag'ishladi.
- Karantindan keyin shogirdlarimga ko'p ham gapirmadim, chunki, ular ajoyib usulda o'yin ko'rsatish uchun tayyor edi. O'ylamanki, mavsumni yakunlash va birinchi egallash uchun chanqoq edi va buni amallashdi. Shu sababli, bu sovrin 100 foiz ularga tegishli, - dedi Zidan.