«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «Real»ga o'tishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar tarqatdi. Uning ta'kidlashicha, misrlik futbolchi o'z niyatini do'stlariga aytgan.
«Real»dan tashqari Salohga «PSJ» va «Manchester Siti» klublari ham qiziqish bildirishmoqda. Avvalroq «Liverpul» o'z etakchilaridan birini sotishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
28 yoshli futbolchining «Liverpul» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Muhammad joriy mavsumda mersisaydliklar safida barcha musobaqalar doirasida 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 16ta gol urdi.