"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Biz yaxshi holatdamiz va mavsumga tayyormiz. Bu bizning ilk rasmiy o'yinimiz va biz bu o'yinda yaxshi natija qayd etishni istaymiz. Jismoniy tarafdan yaxshi xolatdamiz va shu bilan birga etarlicha dam oldik.
4ta yarimhimoyachi bilan harakat qilamanmi? Keling yaxshisi o'yinni o'zgartirmaylik. Bizda futbolchilar ko'p, ular har qanday pozitsiyada to'p sura oladi, ertaga esa kimlar maydonga tushishi guvohi bo'lasiz.
Krishtianu Ronaldu? U menda juda yaxshi taassurot uyg'otmoqda – u xuddi ChL finalidagidek juda yuqori formada. U ertaga maydonga tushishga tayyor. Biroq o'ynaydimi yoki yo'q, buni ertaga ko'ramiz. Murabbiy sifatida men futbolchilarimning imkoniyatiga keraklicha baxo berishim kerak. Ronaldu hozirda yaxshi jismoniy xolatda, uning o'zi ham Superkubokda maydonga tushish istagida.
Men "Real Madrid"da 16 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Bu klubda hamma o'z joyini yaxshi biladi va g'alabalarga qayta erishish uchun ishtiyoqiga to'la. Biz Chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi marta g'alaba qozonishni istaymiz, biroq oson bo'lmasligi aniq. Shunga qaramasdan bizning maqsadimiz o'zgarmaydi. Biz ketma ket ikki marta bu musobaqada g'olib chiqdik. Endi uchinchi bor bu ishni bajarmoqchimiz.
Beyl? Futbolchida hammasi joyida. U deyarli 4 oy futbol o'ynamadi va hozirda men unda muammo ko'rmayapman. Meni qiziqtirayotgani ertaga u nima qilishi. Mourinyo o'z jamoasini kuchaytirish haqida o'ylaydi, men ham o'z jamoamni. Uchrashuv oldidan biroz benzin sepilishi mumkin, lekin bu bilan hech narsa o'zgarmaydi. Biz barchamiz bu erga g'alaba qozonish uchun kelganmiz. Beyl "Real Madrid" futbolchisi, meni esa ertanggi o'yin qiziqtiradi.
Ob-havo? Farqi yo'q. Ular ham Amerikada tayyorgarlik ko'rishdi, biz ham. Madridda ham shunday issiq ob-havo hukm suradi. Bu futbol, biz hech narsani o'zgartira olmaymiz" - dedi Zidan.