"Ayniqsa bunday yoshda tez-tez maydonga tushmaslik juda ham og'ir. Hujumchiga o'ziga bo'lgan ishonchga ega bo'lish uchun gollar kerak.
Siz o'ziga ishonish har qanday ishda muhimligini tushunishingiz kerak. Agar hech narsa o'zgarmasa, klubimni o'zgartirishga harakat qilaman", - deydi serb.
22 yoshli hujumchi joriy mavsum Madrid jamoasi tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.