«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi bo'lib o'tgan penaltidan gol ura olmadi.
Jurnalist Aleksis Martin-Tamayo tvitter orqali xabar tarqatishicha, argentinalik futbolchi La liga doirasida 72-marta penaltidan zarba berdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduga etib oldi.
Messi Ispaniya chempionati doirasida 498ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, Ronaldu La ligada 292ta uchrashuvda ishtirok etgan.