Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bugun Mour osonlikcha yutqazadi, deysizmi? Adashasiz!

Bugun katta futbol oqshomi.

.
- Yuklab olish

Bugun katta futbol oqshomi. Bugun professional futbolning chinakam shiddatini sog'inib qolganlar uchun ajoyib tuhfa bor. Bu “Real” hamda “Manchester Yunayted” to'qnashuvi. Ikkita gigant to'qnashuvi, qaysiki Chempionlar ligasi giganti Evropa ligasi gigantiga qarshi kurash olib boradi va supergigant aniqlanadi.

Ko'pchilik Joze mag'lubiyatni tan olgan, deb gapiryapti. Yana ko'pchilik esa “Manchester Yunayted” tarkibidagi 6 ta yo'qotishdan fojia yasab oldi. Ammo unutmang, bu O'zbekiston milliy terma jamoasi emaski bitta futbolchining o'rni darrov bilinib qolsa. Yoki Joze Babayan emaski, yo'qotishlardan shokka tushib, nima qilarini bilmasa...

Bu Joze Mourino. Bir paytlar “Inter” bilan “Barselona”ni zor qaqshatgan mutaxassis. U bir paytlar “Real”da ham ishlagan. Aytmoqchimizki, ayni damda “Bugun qanday taktika qo'llasam ekan?” deydigan darajada uquvsiz yoki tajribasiz emas. Qolaversa, uning muammolari oldingidan kamroq bo'ladi, boisi, ayni damdagi Zidan “charchamagan” deya ta'riflagan “Real” ham ja optimal formada emas. Qolaversa, Mourinyu “Real”ning taktikasini yaxshi biladi. Joze biladigan taktika esa hali to'liq o'zgargani yo'q. Har holda “Real” taktikasini katta darajada o'zgartiradigan jamoa emas.

Ronalduni yopsa bo'ladi. Ayni damda ta'tildan maza qilib qaytgan futbolchining qisqa muddatda formasini tiklab olishi qiyinroq masala. Hatto u Ronaldu bo'lsa ham. Beyl esa hali-hamon o'ziga kela olgani yo'q. Mavsumoldi tayyorgarlik o'yinlarida ko'rdikki, hozirgi Beyl avvalgidek tog'ni talqon qiladigan darajada emas. Benzema esa hozirda labirintga o'xshab qolgan. U haqda aniq bir fikr bildirish mushkulroq.

Ochiq futbolni yoqtiradi Joze. Har holda, bugun ham shu taktikaga suyansa kerak. To'g'ri, u yopiq futbolga ham murojaat qilib turadi agar vaziyat taqozo qilsa. Ya'ni dastlab gol ursayu, raqib hujumkorlikka zo'r bersa, himoyaviy o'yinga o'tishi mumkin. Agar bugun “Manchester Yunayted”dan kimdir Navasni dog'da qoldirsa, keyin Zidanga mushkul bo'lishi tayin.

Endi anavi 6 futbolchi masalasiga to'xtalsak. Ular orasida jiddiy yo'qotishlari bor, ammo ularning o'rnini to'ldirsa bo'ladi.

Xullas, hammasi Joze Mourinoning o'ziga bog'liq. U esa kutilmagan taktikalar tanlab qo'ygani tayin. Axir Evropa superkubogi oddiy turnir emas. Evropa superkubogi jiddiy musobaqa ayniqsa hozirgi “Manchester Yunayted” uchun. Axir kim ham sovrinni yo'lda tashlab ketishni istaydi deysiz.

Nizomjon ISLOMOV

BestMaster
8 Avgust 2017, 11:30
bugun, mour, osonlikcha, yutqazadi, deysizmi?, adashasiz!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 7
 @Madrid  
ADASHASIZ REAL YORADI
8 Avgust 2017, 12:19
 Jasurbek_Ramos  
Mour 6zicha iwbilarmon
8 Avgust 2017, 13:31
 madrid797  
real super cup da ham dubl
8 Avgust 2017, 14:03
 karvaxal  
Realga omad nima busayam yutsin
8 Avgust 2017, 14:24
 mateo  
Хакикий футболни бугун курамиз. Кизил иблислар ва бизнинг супер РЕАЛ.
8 Avgust 2017, 14:28
 bestmaster  
Realga wunchasi ham yetadi endi q....q ni olsin myuga omad
8 Avgust 2017, 17:32
 _bek_bek_  
bestmaster, e ket atsuda Xaxaxaxaxaaxa
8 Avgust 2017, 22:51
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads