Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Luka Modrichga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirayotgani haqida El Chiringuito xabar tarqatmoqda.
35 yoshli xorvatiyalik futbolchining xizmatiga «shporlar» bosh murabbiyi Joze Mourino qiziqish bildirmoqda. Portugaliya mutaxassis futbolchi bilan bog'lanishga ulgurdi.
Modrichning «Qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Modrichni jamoada qolishini xohlamoqda.
Biroq, futbolchi bilan hali yangi shartnoma borasida muzokara olib borilmagan. Yanvar oyida xorvatiyalik futbolchi boshqa klublar bilan bemalol muzokara olib borish huquqini qo'lga kiritadi.