Kataloniyaning «Barselona» prezidentligiga nomzod Viktor Font Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma borasida fikr bildirdi.
«Hozir saylovoldi tashviqotlar olib borilmoqda, shuning uchun mashhur nomlarni eshitish odatiy holdir, ammo muxlislar aqlli va bu 2003 yili Bekxem bilan sodir bo'lgani kabi, baland ovoz bilan transfer va'da qilingani haqida emasligini tushunishadi (Joan Laporta Devid Bekxem bilan shartnoma imzolashga va'da bergandi, biroq angliyalik futbolchi «Manchester Yunayted»dan «Real» klubiga ko'chib o'tgandi – tahririyat).
Endi biz boshqa tomondan qiziqish uyg'otishimiz kerak. Qaror qabul qilish uchun ma'suliyat va munosib sharoitlarga loyiq yangi avlod paydo bo'ldi», – dedi Font.