Avstriyaning «Zaltsburg» klubi futbolchisi Dominik Soboslai faoliyatini Germaniyaning «Leyptsig» klubida davom ettiradigan bo'ldi.
Germaniya matbuotining yozishiga qaraganda, tomonlar shaxsiy shartnoma borasidagi muzokaralarni ijobiy yakunlashga yaqin turishibdi.
Qayd etilishicha, vengriyalik futbolchi o'z agenti bilan yaqin soatlar ichida Leyptsig shahriga etib keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Avvalroq, "Leyptsig" ushbu transferni 25 dekarb kuni rasman e'lon qilishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
20 yoshli futbolchining agenti bilan «Arsenal», «Real» va «Bavariya» klublari bog'lanishgan. Biroq, futbolchi «Leyptsig» klubini tanlashni ma'qul ko'rgan.