Frantsiyaning "PSJ" klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoasi bilan shartnomani uzaytirishga shoshmayapti. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi.
AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Mbappe EChLning 1/8 final bosqich doirasida "Barselona" klubi bilan o'yinda qayd etiladigan o'yin natijasini kutmoqda.
Agar frantsiyaliklar 1/4 final bosqichiga yo'l olmasa, u holda Kilian "PSJ"dan ketish variantlarini ko'rib chiqadi. Eng maqbul variant deb - bir necha yillardan beri hujumchiga qiziqib kelayotgan Madridning "Real" klubi nomlanmoqda. Kilianning o'zi Zinedin Zidanni qo'l ostida o'ynashga qarshi emasligini yashirmayapti.
2020/2021 yilgi mavsumda Mbappe 10 ta o'yinda 10 ta gol urdi.