28 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Yuventus" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda.
Bitimni amalga oshirishda Iskoning yuqori maosh olishi to'sqinlik qilishi mumkin. Oldinroq Iskoning xizmatlariga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda, ammo andalusiyalik ham maosh sabab transferni amalga oshira olishmaydi.
Isko "Real"da 2013 yildan beri o'ynaydi, unga qadar esa "Malaga" va "Valensiya" klublarida to'p tepgan.
Xavbek joriy mavsum "Real" safida 10ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.