"MYU" yarimhimoyachisi Xuan Mata UEFA Superkubogidan oldin Joze Mourinyo bilan press-konferensiyada qatnashdi.
"Real" - amaldagi Chempionlar Ligasi g'olibi va fovariti. Biz Yevropa Ligasida zafar quchdik, shubxasiz, jamoamizdagi futbolchilar bu uchrashuvga o'zgacha ruxiyatda maydonga tushadi. Madridliklarda ajoyib jamoa shakllangan, ular Ispaniya chempionligini ham qo'lga kiritishdi. Raqib kuchini bilamiz, ammo "MYU" ham boy tarixga ega, sovrindor jamoalardan. O'tgan mavsumda 3 ta titulni qo'lga kiritdi. Ertami-kechmi biz o'tgan mavsum "Real" bo'lgan joyda Chempionlar Ligasi finalida bo'lishimiz kerak. Biz turnirni yutishga urinib ko'ramiz! Biz to'g'ri yo'ldamiz va yaqin orada juda kuchli jamoaga aylanamiz. Jamoada yaxshi insonlar, jamoada yosh iste'dodlar ko'p, ular bilan birga sovrinlar yutishni istaymiz." - deydi ispaniyalik futbolchi.