Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti lavozimida 2003 yildan 2010 yilgacha ishlagan Joan Laporta bo'lib o'tadigan saylovlarda o'z nomzodini ilgari surmoqchi.
Laporta saylov kampaniyasida g'ayrioddiy qadam tashladi – o'zining surati tushirilgan ulkan bannerni Madridning «Real» klubi to'p suradigan "Santyago Bernabeu" stadionidan 200 metr uzoqlikda joylashgan turargoh uylariga osib qo'ydirdi.
«Siz bilan bo'ladigan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman», - deb izoh qoldirilgan bannerda.
#HolaMadrid???? pic.twitter.com/eSmCkVWyeb
— Joan Laporta Estruch???? (@JoanLaportaFCB) December 15, 2020