“Madridga juda yosh paytim kelganman va o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganman. “Real”ga qaytish haqida o'ylamayapman. Umid qilamanki, “Milan”da abadiy qolaman. Bu erda faoliyatimdagi eng yaxshi davrni o'tkazmoqdaman va juda ham baxtliman”, deydi Ernandes.
Franciyalik fulbek joriy mavsum klub safida 11 o'yinda qatnashib, 3+2 natija ko'rsatdi.