Agar "qirollik klubi" bosh murabbiyligini Zinedin Zidan tark etsa, 31 yoshli o'yinchi Madridga qaytishi mukin. Eslatib o'tamiz, yarim himoyachining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
Garet Angliya klubiga joriy yilning sentyabr oyi o'rtalarida o'tgan edi. Ijara shartnomasi 2020/21 yilgi mavsum so'nggida yakunlanadi.
Beyl joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.