Garet Beyl “Tottenxem”dagi ijara shartnomasi yakuniga etgach “Real”ga qaytmoqchi. Biroq futbolchi madridliklar ustozi Zinedin Zidan bilan murakkab munosabatlarga ega. Aynan francuz mutaxassisi Beylni transferga qo'yilishiga sababchi bo'lgan.
Beyl “Tottenxem”ga ijara asosida o'tganidan beri APL va Evropa Ligasida jami 9 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi. 31 yoshli futbolchining “Real” bilan shartnomasi esa 2022 yil 30 iyunida yakuniga etadi.