Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa yarim himoyachisi Isko kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganini tan oldi.
«Isko biz uchun muhim futbolchi sanaladi. Uning maydonga kam tushayotgani to'g'ri va men uning ochilishiga imkoniyat bermayapman. U uchun afsusdaman.
Afsuski, «Real»ning hozirgi taktikasiga Isko mos kelmaydi, garchi u alohida vaziyatlarda jamoaga yordam berayotgan bo'lsa-da.
Men uni qo'yib yuborishni niyatidamasman, lekin unga asosiy tarkibdan muntazam joy va'da qila olmayman. Afsusdaman.
Iskoning kelajagi faqat menga bog'liq emas. Bilaman, u ketishni xohlamoqda. Ushlab turish niyatidamasman, lekin, ochig'ini aytganda, uni jamoadan ketkazib yuborish og'riqli bo'ladi», — dedi Zidan.