Italiyaning «Atalanta» klubi prezidenti Antonio Perkassi EChLning 1/8 final bosqichi uchun tashlangan qur'a haqidagi fikrlarini bildirdi.
Bermagoliklar ushbu bosqichda Madridning "Real" klubi bilan bellashadi.
«Real» - uzoq yillik tarixga ega bo'lgan fantastik jamoa. Bu biz uchun foydali tajriba bo'ladi, oldimizda yana bir kuchli raqibga qarshi o'yin turganidan juda xursandmiz.
Yana EChLning pley-off yo'llanmasiga ega chiqqanimizdan faxrlanamiz. Biz bunday raqibga qarshi ajoyib o'yin namoyish etib, barchani hayratga solishni istaymiz. Jamoamiz o'sishda davom etmoqda, umid qilamanki, yaxshi natijalar bilan rag'batlanamiz», - «Atalanta» prezidentining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda SportItalia nashri.