Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChLning 1/8 final bosqichi uchun tashlangan qur'a haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Atalanta» haqida:
«Biz ularni qanday jamoa ekanligini bilamiz, ularni qattiq hurmat qilamiz. Dastlabki o'yin fevral oyining oxirlarida bo'ladi, men uchun keyingi turda bo'ladigan o'yin muhim («Atletik» – tahririyat). Ushbu bahs biz uchun yana bir ajoyib imkoniyat.
«Atletiko»ni mag'lub etganidan so'ng «Real» o'yinlari pasayish kuzatilishi mumkinligi haqida:
«Bunday fikrda emasman. Biz ularga qarshi bahsda atigi uch ochko ishlab oldik, xolos. «Real» ichki muhit a'lo darajada ekanligini ko'rsatishni xohlaydi va atrofdagi narsalar bilan ishi bo'lmaydi. Hech narsa o'zgarmadi, biz har kuni ishlayapmiz va mana shu ruhda davom etishni xohlaymiz», – dedi Zidan.