Madridning «Real» klubi direktorlaridan biri Emilio Butrageno EChL doirasida tashlangan qur'a haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Real" 1/8 finalda Italiyaning «Atalanta» klubi bilan bellashadi.
«Hammasidan ham eng muhimi - «Real»ning yaxshi formada bo'lishi. Qachonki biz yaxshi formada bo'lsak, istalgan raqibni mag'lub etishimiz mumkin.
Albatta, biz har doim javob baxsini o'z maydonimizda o'tkazishni afzal ko'rganmiz. Men o'zim tarixiy kambeklarda ishtirok etganman va o'z stadioning hamda muxlislaring ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Madridda bo'ladigan javob uchrashuvida tashabbusga ega bo'lishimiz uchun dastlabki uchrashuvda ijobiy natija qayd etishimiz kerak», – dedi Butrageno.