"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada qatnashdi.
"Biz yaxshi xolatdamiz va mavsumga tayyormiz. Bu bizning ilk rasmiy o'yinimiz va biz bu o'yinda yaxshi natija qayd etishni istaymiz. Jismoniy tarafdan yaxshi xolatdamiz va shu bilan birga yetarlicha dam oldik."
Siz ertaga 4 ta yarimhimoyachi bilan harakat qilishingiz mumkinmi?
"Keling yaxshisi o'yinni o'zgartirmaylik. Bizda futbolchilar ko'p, ular har qanday pozitsiyada to'p sura oladi, ertaga esa kimlar maydonga tushishi guvohi bo'lasiz."
Krishtianu Ronaldu haqida:
"Krishtianu Ronaldu menda juda yaxshi ta'surot uyg'otmoqda – u xuddi ChL finalidagidek juda yuqori formada. U ertaga maydonga tushishga tayyor. Biroq o'ynaydimi yoki yo'q, buni ertaga ko'ramiz. Murabbiy sifatida men futbolchilarimning imkoniyatiga keraklicha baxo berishim kerak. Ronaldu hozirda yaxshi jismoniy xolatda, uning o'zi ham Superkubokda maydonga tushish istagida."
Motivatsiya haqida:
"Men "Real Madrid"da 16 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Bu klubda hamma o'z joyini yaxshi biladi va g'alabalarga qayta erishish uchun ishtiyoqiga to'la. Biz Chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi marta g'alaba qozonishni istaymiz, biroq oson bo'lmasligi aniq. Shunga qaramasdan bizning maqsadimiz o'zgarmaydi. Biz ketma ket ikki marta bu musobaqada g'olib chiqdik. Endi uchinchi bor bu ishni bajarmoqchimiz."
Beyl haqida:
"Futbolchida hammasi joyida. U deyarli 4 oy futbol o'ynamadi va hozirda men unda muammo ko'rmayapman. Meni qiziqtirayotgani ertaga u nima qilishi. Mourinyo ertaga o'z jamoasiga nima qilishni uqtiradi, men esa o'z jamoamni. Uchrashuv oldidan biroz benzin sepilishi mumkin, lekin bu bilan hech narsa o'zgarmaydi. Biz barchamiz bu yerga g'alaba qozonish uchun kelganmiz. Beyl "Real Madrid" futbolchisi, meni esa ertanggi o'yin qiziqtiradi."