Vengriyalik 20 yoshli yarim himoyachi Dominik Soboslai yanvar oyida avstriyaning «Zaltsburg» klubini tark etayotganini tasdiqladi. Bild nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Soboslai yanvar oyida Evropaning boshqa chempionatida to'p surishni boshlaydi.
"Zaltsburg" klubi yarim himoyachisini qo'lga kiritish uchun Madridning «Real» va Germaniyaning «RB Leyptsig» klublari asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Dominik «Zaltsburg» sharafini 2018 yilning boshidan beri himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsum u 20 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol kiritdi va 10 ta golga assistentlik qildi.