33 yoshli germaniyalik futbolchi Sami Xedira Turinning "Yuventus" klubidan ketayotganini rasman tasdiqladi.
Avvalroq, germaniyalik yarim himoyachiga Chempionship va APLning bir qator klublaridan takliflar bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Xediraning o'z faoliyatida yangi sahifa ochish uchun boshqa chempionatga yo'l olishga tayyor ekanligini tan oldi.
«Yangi chaqiruv uchun tayyorman. Men oson bo'lmagan davrni boshdan kechirdim, lekin men yana futbol o'ynashni xohlayman va har bir o'yinda uch ochko uchun kurash olib borishni istayman. Men buni intizorlik bilan kutyapman. Ayni paytda menda kuch va quvvat juda ko'p, yanvar oyini sabrsizlik bilan kutyapman. Bu mening asosiy maqsadim», - Xediraning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Tuttosport.
«Yuventus» tarkibida Xedira 2015 yildan beri o'ynab kelmoqda. U "Yuventus"ga Madridning "Real" klubidan erkin agent sifatida ko'chib o'tgandi.