Amsterdamning "Ayaks" klubi hujumchisi Klas-Yan Xuntelar joriy mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.
— Futbol o'ynashni tugatmoqchiman. Bu qarorga so'nggi oylarda keldim. Yakun yaqinlashmoqda, o'ylaymanki, bu mening so'nggi mavsumim. Dam olishni, oila a'zolarim bilan uyda bo'lishni xohlayman, keyin esa murabbiylikni boshlayman, — dedi Xuntelar Fox Sports bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Xuntelar faoliyati davomida "Real", "Milan", "Shalke" va "Ayaks" klublarida to'p surgan.