Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Takefusa Kubo keyingi mavsumni Ispaniyaning "Xetafe" klubi safida ijara asosida o'tkazishi mumkinligi haqida Marca xabar bermoqda.
19 yoshli yaponiyalik futbolchi ayni paytda "Vilyarreal" klubi safida ijara asosida o'ynamoqda. "Qaymoqranglilar" hozircha Kuboga ehtiyoj sezmayapti va kelasi mavsum uchun yana uni ijaraga berib yuborish variantini ko'rib chiqishmoqda.