"FiveThirtyEight" dasturiy ta'minotida ishlaydigan superkompyuter joriy mavsumda Evropa chempionlar ligasida pley-off bosqichiga chiqqan jamoalarning g'oliblik uchun imkoniyatlarni taxmin qildi.
Bunda har bir klubning hujum qilish va himoyalanish imkoniyatlari inobatga olindi. «Manchester Siti»ning chempionlik uchun imkoniyati eng yuqori baholandi — 24%.
«Bavariya»ning imkoniyati esa 17 foizga chamalangan bo'lsa, «Barselona»ning g'oliblik uchun imkoniyati 10 foizga teng deya taxmin qilindi.
«Real Madrid» esa 6% ehtimol bilan reytingda 8-o'rinni egalladi.
To'liq ro'yxat quyidagicha bo'ldi:
1. «Manchester Siti»: 24%
2. «Bavariya»: 17%
3. «Barselona»: 10%
4. «Liverpul»: 7%
5. «Chelsi»: 7%
6. «PSJ»: 7%
7. «Borussiya Dortmund»: 6%
8. «Real Madrid»: 6%
9. «Atletiko Madrid»: 5%
10. «Yuventus»: 3%
11. «RB Leyptsig»: 3%
12. «Atalanta»: 1%
13. «Sevilya»: 1%
14. «Borussiya Menxengladbax»: 1%dan kam
15. «Portu»: 1%dan kam
16. «Latsio»: 1%dan kam.