Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bugun Zidan xarakter ko'rsata oladimi?! Madrid derbisi oldidan prevyu

.
- Yuklab olish

Bugun Ispaniya La Ligasi 11-turi doirasidagi markaziy bahs Madriddagi «Alfredo di Stefano» o'yingohida bo'lib o'tadi. Unda mezbon jamoa vakillari o'z hamshaharlari «Atletiko»ni qabul qiladi. Klublarning holatiga to'xtaladigan bo'lsak, «matraschilar» ushbu uchrashuvga kichik ustunlik bilan tashrif buyurayotgandek taassurot paydo bo'lishi mumkin. Har qalay ularning turnir jadvlida egallab turgan o'rinlari o'zlarining darajasiga nisbatan ancha qoniqarli. Bunday deyishimizga ayni paytda bir qator sabablar ham etarli. Avvalo, ular yangi mavsumga ko'rilgan a'lo darajadagi tayyorgarlik va amalga oshirilgan aqlli transferlar siyosati tufayli ham bugun birinchi o'rinni ishonchli tarzda egallab turishibdi. Lekin, mamlakat ikki bayroqdor klublarining kerakli pallalarda qoqilishlarga uchrayotganligi nuqtayi nazaridan ham buni shartli jarayonga yo'yish ham mumkin. «Real» hozirda peshqadamdan 6 ochkoga orqada bormoqda. Lekin o'z navbatida «matraschilar»da bitta zaxiradagi o'yin ham mavjudligini unutmaslik kerak. Muammoli holatlardan sekin-asta chiqib borayotgan «qaymoqranglilar»ni kuchli sinovdan qanday o'tib olishini kuzatish albatta qiziq.


«Real Madrid». Zidan uchun muhim bahs

Shubhasiz, ushbu qarama-qarshilikdagi g'alabani «qaymoqrang» libos a'zolaridan ham ko'ra bosh murabbiyning o'zi ko'proq istayotgan bo'lsa ajab emas. Madridning asosiy klubida hozir ishlar bir maromda ketyapti deb bo'lmaydi. Asosiy muammo esa barcha taxmin qilganidek hujum zonasi bo'lib qolmoqda. Furbolchilar deyarli har bir uchrashuvda xavfli vaziyatlarni yakunlashda jiddiy muammolarga duch kelishyapti. Boshqa pozitsiya vakillari asta-sekinlik bilan o'z formalariga qaytishayotgan bir paytda old chiziq o'yinchilarining oqsayotgani albatta alam qilarli holat. Zidanning haligacha Ronaldu – Azar – boshqalar nomi ostida kechayotgan chigal mushkilotni echish borasida boshi qotayotgani sezilmoqda. Benzema bilan tandem hosil qiluvchi stabil futbolchini tanlashda ikkilanishlar kuzatilyapti. Mana endi uning bir qarorga kelib olishi uchun ayni qulay payt. U o'ziga yuklatilayotgan chuqur ishonchni derbida isbotlashga urinib ko'radi. Bu erda boshqacha bo'ishi ham mumkin emas aslida. «Real» – bu tijoriy klub, ular rahbariyatdan maksimal darajadagi natijani talab qilishadi, o'z navbatida rahbariyat ham bosh murabbiydan. Albatta, bu erda Zidanning kuchli mutaxassisligiga hech kim shubha bilan qaramaydi. Lekin klubning xalqaro maydonlardagi omadi kelavermagach u ham aslida jamoa uchun bir mehmonga aylanib qolishi hech gap emas.

Hozircha EChLdagi missiya arang uddalanib turibdi. Jamoa guruh bosqichida birinchi o'rinni egallab o'z ishini oz bo'lsada engillashtirib oldi. Kelasi bosqichda tushishi mumkin bo'lgan qaysidir kuchsizroq raqib Zidan uchun bitta plyus. Biroq, hali pley-off o'yinlari boshlanguncha u ichki chempionatdagi ishlarini izga tushirib olishi talab etiladi. La Ligada jamoaning ketma-ket ravishda uchta o'yinda ochko yo'qotishi muxlislarning keskin noroziligini keltirib chiqargandi. Lekin, shundan so'ng asosiy raqiblardan biri «Sevilya» mag'lubiyatga uchratildi, ketidan xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli yurish. Albatta shu shu kabi ba'zi bir kichik omillar Zidan va rahbariyat o'rtasidagi muvozanatni bir tartibda ushlab turibdi. Lekin frantsiyalik mutaxassis bir intervyusida o'zining mavsum yakuniga etgach ketishi mumkinligiga ishora qilib ketdi. Murabbiyning fikrlaridan shuni anglash mumkinki, u amaldagi tarkib bilan ikkala katta frontda o'zi ko'zlagan maqsadlariga etisha olmaydi. Rahbariyat esa ayni paytdagi moliyaviy vaziyat tufayli mutaxassis xohlayotgan ba'zi bir transferlarni amalga oshirishdan yiroq. Shundan ham xulosa qilish mumkinki, Zidan hozir juda chalkash yo'llar orasida qolgan. U ayni paytda o'ziga berilgan vazifani mavsum oxiriga qadar deyarli maksimal yakunlab olishi uchun unda vaqt juda oz qolgan. La Liganig deyarli yarim yo'liga qarab ketilyapti hamki, klub arang to'rtlikka ilinib harakat qilmoqda. Bu kabi derbi o'yinlari va Klassikolarda jamoa maksimal ravishda ochko yig'ib ololmasa ayni paytdagi peshqadamlarning qoqilishini kutgandan foyda yo'q. Shundan kelib chiqib ham bugungi bahsda futbolchilardan ham ko'ra ko'proq aynan Zidan o'z xarakterini namoyish etishi kutilyapti. 

Taxmiiy tarkib: Kurtua; Karvaxal, Ramos, Varan, Mendi; Modrich, Kazemiro, Kros; Vinisius, Benzema, Asensio.

Ishtirok eta olmaydi: Luka Yovich, Eden Azar, Martin Edegor.

«Atletiko»

Albatta, ushbu qarama-qarshilikda Madridning nisbatan kattaroq jamoasi ko'proq tilga olinadi. Ayni hozirggi paytdan kelib chiqsak ham «Real»da muammolar jiddiyroq va katta klubning kamchiliklari ham shunga yarasha yirikroq bolishi tabiiy hol. Biroq bugungi kundagi «Atletiko»ga, gigemon klubga to'xtalmasdan iloj yo'q. Ular o'yindan o'yinga ochilib, o'z imkoniyatlari darajasini borgan sari kengaytirib olishmoqda. Mutaxassislarni ajablantirayotgan jihat ham ayni shunda. Klub joriy mavsum juda ko'p o'yinlarda o'z uslubidan chekinib harakat qilmoqda, lekin maqsad o'zgarmagan. Ayni paytdagi jamoaning umumiy holatida deyarli kamchiliklar kuzatilmayapti. Ular La Ligadagi peshqadamlikni o'z o'zidan kelib qolmaganini sermahsul natijalar va havas qilarli darajadagi statistikalar bilan isbotlashmoqda. Leki shu bilan birga himoya qo'rg'oni esdan chiqayotgani yo'q. «Atletiko» ortda qolgan 10 ta turda atigi 2 ta gol o'tkazib yubordi va bu eng yaqin ta'qibchi bo'lib turgan «Real Sosiedad»dan (5) yaxshiroq natija degani. Buning ustiga jamoa ketma-ket 7 ta o'yinlik g'alabali seriyani ham qayd etmoqda. EChLda esa amaldagi chempion joy olgan guruhdan ikkinchi o'rin bilan kelasi bosqichga yo'l olish albatta, fojeali voqelik emas. Ushbu derbining «matraschilar» uchun muhimlik darajasi o'ta yuqori. Ular qaysi pozitsiyada ketayotganliklaridan qat'i nazar hamshaharlari bilan bo'ladigan har qanday bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rishadi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra «Atletiko» so'nggi besh o'yindan buyon "Real”ni mag'lub eta olmayapti. Hatto, 4 uchrashuvda raqiblari darvozasiga birorta ham gol ura olishmagan. So'nggi g'alaba esa 2018 yili UEFA superkubogida sodir etilgan. Demak, jamoada raqibinikidan qolishmaydigan darajada motivatsiya topiladi. Bunining ustiga o'zining formasini tiklab borayotgan «Real» osonlikcha taslim bo'ladigan kayfiyatda emas. Ular kuchli klublar bilan qanday o'ynashni yaxshi biladi. Yuqorida sanab o'tilgan ko'plab jihatlari bilan jamoalar bugun bizga yuqori intrigali futbolni taklif etishmoqda.


Taxminiy tarkib: Oblak; Savich, Felipe, Ermoso; Tripper, Lorente, Koke, Saul, Karrasko; Suares, Felish.

Ishtirok eta olmaydi: Xose Himenez, Diego Kosta, Manu Sanches.

 

Yusufbek Saydaliev tayyorladi

BestMaster
12 Dekabr 2020, 19:00
bugun, zidan, xarakter, korsata, oladimi?!, madrid, derbisi, oldidan, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Реал га омад
12 Dekabr 2020, 20:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads