«Real» hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Faoliyatimdagi «Atletiko»ga qarshi ilk o'yinimda grandlar o'rtasidagi haqiqiy jang bo'ladi deb o'ylagandim, ammo o'shanda menga nisbatan 20tadan ortiq marta qoidabuzarlik ishlatishgandi, hattoki tishlashga ham urinishgandi. O'yin davomida men buni sezmagandim. Uchrashuvni qayta tomosha qilganimda buni ko'rgandim.
Hozircha men «Atletiko»ga qarshi o'yinlarda biror marta yutqazmaganman. Umid qilaman, ushbu an'ana bundan keyin ham saqlanib qoladi», — dedi Vinisius.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" - "Atletiko" bahsi 12 dekabrdan 13 dekabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.