Germaniyaning "Leyptsig" klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Evropa Chempionlari Ligasi 1/8 final bosqichi uchun bo'lib o'tadigan qur'a haqida fikr bildirdi.
- Qaysi raqiblar bilan o'ynashni xohlashimiz haqida so'raganingizdan xursandman. Biz har doim bo'lajak raqiblarimizning madhiyalarini tinglaymiz. "Real" va "Yuventus" klublarining madhiyalari haqiqatdan ham yaxshi, shu sababli, bu ikki klubning biri bilan bahs olib borishni xohlaymiz. Garchi ispaniya va italyan tillarini mukammal bilmasam-da, ularning madhisini kuylashim mumkin, — Nagelsmanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.