«Real» yarim himoyachisi Iskoning kelajagi noma'lumligichi qolmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, 29 yoshli futbolchi "Qirollik klubi"ni tark etmoqchi, ammo unda birorta ham taklif yo'q.
Avvalroq «Real» Iskoni 60-70 mln evroga sotishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi. Shuningdek, "qaymoqranglilar" ispaniyalik futbolchini «Inter» yarim himoyachisi Kristian Eriksenga almashishi mumkinligi haqida ham xabarlar paydo bo'lgandi. Bundan tashqari, Iskoga da'vogarlar safida «Sevilya» ham tilga olingandi.
Isko 2013 yildan buyon «Real» sharafini himoya qiladi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Futbolchi joriy mavsumda La liga doirasida 8ta o'yinda maydonga tushdi.