"Red Bull" yarim himoyachisi Dominik Soboslai qio'ki transfre vaqtida jamoasini o'zgartiradi.
Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi faoliyatini "RB Leyptsig"da davom ettiradi. Uning shartnomasidagi tovon puli 25 million evro etib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, Soboslai joriy mavsum Avstriya chempionatida 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 5ta golga assistentlik qilgan. Avvalroq uning xizmatiga "Arsenal" va "Real Madrid" jamoalari qiziqish bildirayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.