Madridning "Atletiko" yarim himoyachisi Markos Lorente 2019 yilning yozida "Real"dan ketishi haqida gapirib berdi.
«Real»dan ketishim kerakligini rahbariyatga aniq qilib tushuntirdim. Chunki, "Atletiko"dan taklif tushganida umuman ikkilanmadi.
Bu erda ishlarim joyida. Men bundan juda xursandman. Qachonki futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, u o'sadi va yanada yaxshi bo'ladi. Hozir menda aynan shunday bo'lyapti», - dedi Lorente.