Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde umumiy guruhga qaytdi va "Atletiko" klubiga qarshi bo'ladigan "derbi"dan oldin jamoaning mashg'ulotlaridan ishtirok etishni boshladi.
Urugvaylik futbolchi noyabr oyining boshida "Valensiya" klubiga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
Joriy mavsumda Valverde "Real" safida 8 ta o'yin o'tkazdi, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Atletiko"ga qarshi o'yin 12 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da bo'lib o'tadi.