Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Klublar o'rtasidagi JChning barcha g'oliblari bilan tanishing

Allaqachon sayyoramizdagi barcha futbol muxlislarining e'tiboriga tushgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ham o'ziga xos tarixi mavjud. E'tiborlisi shundaki, ushbu turnirning darajasi yildan-yilga o'sib bormoqda. Ortda qolgan vaqt davomida turnirda bir nechta grand jamoalar to'p surdi. Uning g'oliblari esa, futbol tarixidan muqim o'rin egalladi. 

.
- Yuklab olish

Allaqachon sayyoramizdagi barcha futbol muxlislarining e'tiboriga tushgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ham o'ziga xos tarixi mavjud. E'tiborlisi shundaki, ushbu turnirning darajasi yildan-yilga o'sib bormoqda. Ortda qolgan vaqt davomida turnirda bir nechta grand jamoalar to'p surdi. Uning g'oliblari esa, futbol tarixidan muqim o'rin egalladi. 

Ushbu musobaqa ilk bor 2005-yilda o'tkazilgan bo'lib, unda musobaqa mezbonlari “San-Paulu” jamoasi g'olib chiqqan. Xo'sh, Braziliya klubidan so'ng, musobaqada yana kimlar g'olib chiqishga muvaffaq bo'lgan? Bugun ushbu savolga javob berib o'tamiz Stadion.uz ushbu musobaqa startidan avval uning g'oliblarini birma-bir yodga oladi.

2006 yil - «Internasional»

O'z tarixida ikkinchi bor o'tkazilgan musobaqa ham Braziliya yashil maydonlarida bo'lib o'tgan bo'lib, unda mahalliy «Internasional» jamoasi tarkibida Ronaldino va Xavi singari yulduzlari bor «Barselona»dan kichik hisobda ustun kelishga muvaffaq bo'ladi. Braziliya klubi tarkibida o'sha paytlari Luiz Adriano porlab chiqqan, va o'sha musobaqadan so'ng Evropaga yo'l olgan edi.

2007 yil - «Milan»

Ushbu musobaqa tarixida ilk bor Evropa jamoalari ichida «Milan» shohsupaga ko'tarilishni uddalagan jamoa sifatida tarixda qolishi aniq. Tarkibida Kaka mavjud bo'lgan klub o'zining shonli onlaridan esdalik sifatida qo'lga kiritgan klublar o'rtasidagi JCh kubogi hali hamon klub muzeyida saqlanmoqda. Finalda «Boko Xuniors» ustidan 4 : 2 hisobida g'alaba qozongan «Milan»ning gollarining ikkitasiga Inzagi mualliflik qilgan bo'lsa, Nesta va Kaka o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'yishgan.

2008 yil «Manchester Yunayted»

Ser Aleks Fergusson boshchiligidagi «qizil iblislar» musobaqa davomida ortiqcha qiyinchilikka uchramaydi. Final uchrashuvida Kolumbiyaning «LDU Kito» jamoasiga qarshi maydonga tushgan inglizlar bir kishi kam bo'lib ham g'alabani ilib ketishni uddalashgani tahsinga sazovor. Uchrashuvda yagona bo'lib qolgan golni esa, Ueyn Runi raqib darvozasiga joylab qo'yadi.

2009 yil «Barselona»

Pep Gvardiola boshchiligidagi «Barselona»ni o'sha yili yulduzlar terma jamoasi ham to'xtatib qolishga qodir emas edi. Pep o'ylab topgan o'yin falsafasi futbol inqilobini amalga oshirgan, raqiblar esa, «Barsa»ga qarshi qanday chora qo'llashni bilmay qolishgan davrlar edi. Final uchrashuvida Veron boshchiligidagi «Estudiantes»ni 2 : 0 hisobida mag'lub etgan «Barselona» o'z tarixida ilk bor nufuzli musobaqaning oltin medallarini qo'lga kiritadi.

2010 yil «Inter»

Musobaqa tarixidagi eng zerikarli final o'yini bo'lib o'tgan uchrashuvda «Inter» Afrikaning «Mazembe» jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etadi va ortiqcha qiyinchiliksiz sovrinni o'zi bilan Milanga olib ketadi. Uchrashuvning 17 daqiqasiga qadar Pandev va Eto'o tomondan kiritilgan gollar raqibni ruhan sindirib qo'ygani bois, qolgan vaqt davomida muxlislar faqat bir darvozaga bo'lgan hujumlarni tomosha qilishga majbur bo'lishadi.

2011 yil «Barselona»

Pep boshchiligidagi «Barselona» bu paytga kelib o'z o'yinini shu qadar takomillashtirgan ediki, finalda Neymarning «Santos»ini yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratadi. O'sha musobaqa davomida birorta jamoa Kataloniyaliklar darvozasini ishg'ol qilishni uddalay olmagani e'tiborga molik.

2012 yil «Korintians»

Braziliya klubi uzoq davom etgan Evropa jamoalarining gegemoniyaligiga qisqa fursat barham berishga muvaffaq bo'ladi. Ikkita uchrashuvda ham minimal hisobda g'alaba qozongan klub o'z boshi uzra klublar o'rtasidagi JCh sovrinini ko'tarishga muvaffaq bo'ladi. Finalda Benitezning «Chelsi»si ustidan g'alaba qozonilgani esa, sovrinning qiymatini yanada oshirgan desak, adashmagan bo'lamiz.

2013 yil «Bavariya»

Yup Haynkesning «Bavariyasi» o'sha yili to'xtatib bo'lmas kuchga aylanga, Robben va Ribberilar o'zining eng pik formasiga chiqib olgan davrlar edi. Tajribali mutaxassisdan so'ng lub tepasiga kelgan Pep Gvardiolaning «Bavariya»siga finalda Marokashning «Radja Kasablanka» klubi ro'baro' keladi va o'yin 2:0 hisobida ko'hna qit'a vakillarining g'alabasi bilan yakunlanadi.

2014 yil «Real Madrid»

Karlo Anchelotti «Milan» bilan qozonilgan g'alabadan 7 yil o'tib, «Real Madrid»ni klublar o'rtasidagi JCh g'olibligiga etakladi. Final uchrashuvida «San-Lorenso» jamoasini 2:0 hisobida dog'da qoldirgan klub o'z tarixida ilk bor ushbu musobaqada g'olib chiqadi.

2015 yil «Barselona»

Kataloniya klubi tomonidan qo'lga kiritilgan 3 g'oliblik ham oldingilari singari ortiqcha muammosiz qo'lga kiritiladi. Final uchrashuvida Argentinaning «River Pleyt» klubiga qarshi maydonga tushgan «Barsa» ortiqcha qiyinchiliksiz 3:0 natijasi bilan g'olib chiqadi va o'z tarixidagi hozircha so'nggi klublar o'rtasidagi JCh musobaqasining sovriniga ega chiqadi.

2016 yil, 2017 yil, 2018 yil «Real Madrid»

3 yil davomida musobaqaning oltin medallarini hech kimga bermay kelayotgan «qirollik klubi» bu safar tahtni topshirishi aniq. 2016- yilda qit'amizning «Kasimi Antlers» jamoasi ustidan g'alaba qozongan jamoa bir yil o'tib Braziliyaning «Gremio»sini finalda taslim qiladi. So'nggi musobaqa finalida esa, «Al-Ayn» jamoasini yirik 4:1 hisobida dog'da qoldirgan Solari shogirdlari musobaqada o'ziga xos rekord o'rnatishga muvaffaq bo'lishadi. Ular nafaqat chempionlik soni bo'yicha, balki musobaqa tarixida mag'lub bo'lmagan klub sifatida qolganlardan ajralib turishibdi

2019 yil «Liverpul»

Finallarni boy berishi bilan tanilgan Yurgen Klopp uzoq kutilgan Evropa Chempionlar ligasida zafar quchishga muvaffaq bo'lgach, bor e'tiborini klublar o'rtasidagi JChga qaratadi. Shunday bo'lsada, tig'iz taqvim sababli «Liverpul» musobaqada o'zining asosiy tarkibi bilan ishtirok eta olmadi desak, adashmagan bo'lamiz. Ayrim etakchilarning yo'qligiga qaramay, jamoa finalga qadar etib kelishni uddaladi. Finalda esa, Braziliyaning «Flamengo» jamoasi «mersisaydliklar»ga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. O'yinning asosiy vaqti 0:0 bilan yakunlangach, qo'shimcha bo'limlarga o'yin ko'chadi. 99 daqiqada esa, Roberto Firmino «Liverpul»ni oldinga olib chiqadi va o'sha gol yagonaligicha qoladi. E'tiborlisi shundaki, «Liverpul» bu sovrinni ikkinchi urinishda qo'lga kiritishni uddaladi. Bunga qadar, ular 2005 yilda finalda «San Paulo»ga engilishgan edi.

BestMaster
10 Dekabr 2020, 22:00
klublar, ortasidagi, jchning, barcha, goliblari, bilan, tanishing,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши
11 Dekabr 2020, 21:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads