«Real» hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida bo'lib o'tgan Menxengladbaxning «Borussiya» klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz yaxshi o'yin o'tkazdik va shunday ruhda davom etishimiz kerak. Biz uchun keyingi har bir uchrashuv — yangi final. Biz kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushamiz. «Real»ga qarshi o'yinda ikki karra kuch bilan o'ynashga harakat qiladi va butun jamoa bo'lib himoyalanadi.
Ushbu musobaqada finalgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tish uchun kuchli raqiblarga qarshi o'ynashimiz kerak. Guruhni birinchi o'rinda yakunlaganimiz yaxshi bo'ldi. Lekin bizning vazifamiz bu bilan cheklanib qolmaydi. Imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz», — dedi Benzema.