«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi 6-turi doirasida bo'lib o'tgan «Borussiya Menxengladbax»ga qarshi o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Bugungi o'yindan qoniqish hosil qildik. Maqsadimiz guruhda 1-o'rinni egallash uchun harakat qilish edi va biz o'z maqsadimizga erishdik. Bugun birinchi daqiqadan boshlab bahs oxiriga qadar har tomonlama ajoyib o'yin o'yin o'tkazdik. Bu jamoa kerak paytda, ayniqsa, qiyin pallada g'alaba qozonishni biladi.
Biz bir qayiqdamiz. O'yinchilar uchun xursandman. Men ular bilan birgalikda kurashyapman, mashg'ulot o'tkazamiz. Maydonda esa aynan ular kurashadi. Ular uchun xursandman.
Guruhda birinchi o'rinni egallash muhim ahamiyatga ega edi. Bunga qiyinchilik bilan erishganimiz yanada totli bo'ldi. Umid qilaman, shanba kuni «Atletiko»ga qarshi o'yinda yaxshi formada bo'lamiz. Hozircha esa dam olamiz», — dedi Zidan.
Shuningdek, Zidan o'zini «Manchester Yunayted»ni boshqargan Aleks Fergyuson bilan taqqoslash haqidagi savolga javob berdi.
«Men hech qachon «Real» uchun Aleks Fergyuson bo'lmayman. Bu erda qancha vaqt qolishimni bilmayman. Bu haqda o'ylayotganim yo'q. Meni fikru zikrim kundalik ishga qaratilgan», — deya qo'shimcha qildi frantsiyalik mutaxassis.