«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Real»ga (8 avgust) qarshi UEFA superkubogi bahsidan oldin o'z fikrlarini aytdi.
«Skope shahridagi havo issiq bo'lishini bilardim. Ammo Angliyada faqat yomg'ir yog'di va bu bizga halal berishi mumkin.
Madridda esa «Real» issiq ob-havo sharoitida shug'ullandi, bu unga tezroq moslashib olishda ko'mak berishi mumkin. Biz esa to'pni nazorat qilib, vaziyatdan bahra olishga majbur bo'lamiz.
Agar «Real» yoki «Barselona»da to'p surmasang, har doim ham UEFA superkubogi bahsida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lavermaysan. Ba'zi futbolchilar uchun bu hayotidagi yagona imkoniyat bo'lishi mumkin», — dedi Mourino UEFA sayti xabarida.