UFCning engil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi turi oldidan «Real»ga omad tiladi.
Rossiyalik sportchi instagramdagi o'zining sahifasiga "B" guruhi jadvalini qo'yib: «Bu guruhda qizg'inlik dahshatli darajada. Olg'a, «Real», deya yozdi.
Madridliklar 7 ochko bilan guruhda 3-o'rinni egallab turishibdi. «Shaxtyor» hisobida ham 7 ochko mavjud. Menxengladbaxning «Borussiya» klubi esa 8 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.
Bugun «Real» o'z maydonida «Borussiya»ni qabul qilsa, «Inter» o'z uyida «Shaxtyor» bilan to'qnash keladi. Zidan jamoasi pley-offga chiqish uchun bugun g'alaba qozonishi kerak. "Madrid" bugun durang o'ynasa, "neradzurri" donetskliklarni mag'lub etgan taqdirda, "Qirollik klubi" 2-o'rin bilan pley-offga yo'l oladi.
«Borussiya» bilan o'yindagi mag'lubiyat esa "Real"ni pley-off bosqichidan mahrum qiladi.