"AS" xabariga ko'ra, klubdagilar mutaxassisdan "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba hamda "Renn" xavbeki Eduardo Kamavingadan birini tanlashini aytgan. Franciyalik murabbiyga esa Pol Pogbaning o'yinlari yoqadi va aynan uni "Real"ga olib kelinishini istamoqda.
Yozilishicha, MYUda katta maosh olayotgan Pogbaga "Real" kamida 16 mln evro maosh bersagina u Ispaniyaga o'tishi mumkin. Kamavinga esa Franciyada yiliga 2 mln evro maosh olmoqda.
Ushbu mavsumda Pogba APLning 8 o'yinida 1 gol urdi.