"Globe Soccer Award" versiyasi bo'yicha XXI asrning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, klubi va agenti sovrinlariga yakuniy da'vogarlar e'lon qilindi.
O'yinchilar nominatsiyasida finalchilar safiga Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Lionel Messi («Barselona»), Muhammad Saloh («Liverpul») va Ronaldino («Barselona») kiritildi.
Asrimizning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun Joze Mourinyu («Tottenxem»), Zayniddin Zidan («Real Madrid»), Pep Gvardiola («Manchester Siti») va Aleks Fergyuson («Manchester Yunayted») kurash olib borishadi.
XXI asrning eng yaxshi klubi nomiga «Barselona», «Liverpul», «Real Madrid» va «Al-Ahli» (Misr) da'vogarlik qilishadi.
Eng yaxshi agent sovriniga Mino Rayola, Jorje Mendesh va Jovanni Brankini yakuniy da'vogarlar safidan o'rin olishdi.