«Real» klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida bo'lib o'tadigan Menxengladbaxning «Borussiya»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qilindi.
Jamoa sardori Serxio Ramos 3 haftalik tanaffusdan keyin tarkibga qaytdi. Ispaniyalik futbolchi jarohat tufayli "qaymoqranglilar"ning beshta o'yinini o'tkazib yuborgan edi.
Shuningdek, noyabr oyi so'ngida jarohat olgan Daniel Karvaxal ham safga qaytdi.
«Real» — «Borussiya M» uchrashuvi 9 dekabr, chorshanba kuni «Alfredo Di Stefano» stadionida bo'lib o'tadi.
"Real"ning "Borussiya M"ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibi:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube.
Himoyachilar: Eder Militao, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Isko, Alexandro Arribas, Lukas Vaskes.
Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.