Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Martin Edegor jamoasining bir nechta o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida AS nashri xabar tarqatmoqda.
Futbolchi jamoaning dushanba kungi mashg'ulotlarida oyog'ida og'riq sezgan. Yaqin soatlar ichida 21 yoshli futbolchi yana tibbiy-ko'rikdan o'tadi va jarohatining qanchalik jiddiyligi haqida ma'lumot tarqatiladi.
«Qaymoqranglilar» Edegorning jarohati jiddiy emasligiga umid qilishmoqda. Norvegiyalik futbolchi «Real»ning 9 dekabr kuni EChL doirasida bo'ladigan «Borussiya» (M) va 12 dekabr kuni Madridning «Atletiko» klublariga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.