Frantsiyaning «Renn» hamda Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Madridning «Real» klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatmoqda. Ushbu transfer yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.
Qayd etilishicha, «Renn» rahbariyati futbolchining boshqa jamoaga o'tishiga to'siq qo'ymaydi. Klub Kamavingani qo'yib yuborishga tayyor, lekin katta miqdorda tovon puli talab qilmoqda. «Renn» rahbariyati 17 yoshli futbolchining transferidan kamida 50 million evro ishlab olish niyatida.
Avvalroq, Kamavinga uchun «Manchester Yunayted» klubi ham kurashga qo'shilgani haqida xabarlar tarqalgandi.