"Real" himoyachisi Serxio Ramos yangi shartnoma borasida klub prezidenti Florentino Peres bilan muzokara o'tkazdi.
Suhbat davomida u jamoa bilan 2 yillik shartnoma imzolamoqchi va u soliqlarni chiqarib tashlagandan keyin 12 mln. evro miqdorida yillik maosh olmoqchi ekanini aytgan. Ispaniyalik o'yinchi faoliyatini "Madrid"da yakunlashni rejalashtirmoqda.
Ammo "Real" rahbari ushbu taklifga rozi bo'lmadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Ramos Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol muallifiga aylandi.