MYU yarim himoyachisi Jessi Lingardning vakillari futbolchining qishki transfer oynasida boshqa jamoaga o'tishi borasidagi variantlarni o'rganmoqda. Lingardga davogarlar orasida “Real Sosedad”ning borligi aytilmoqda. Avvalroq MYU futbolchini jamoada olib qolishi mumkinligi xabar qilingandi.
Jessining “Yunayted” bilan amaldagi kelishuvi 2021 yil yoziga qadar mo'ljallangan. SHartnomani kelishuvga ko'ra 1 yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.