Hozircha tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgani yo'q. Ramos yiliga 12 mln evro maosh (soliqlardan tashqari) bilan 2 yillik bitim imzolamoqchi. "Real" hozircha bu variantga rozi bo'lgani yo'q, deya xabar tarqatdi jurnalist Fabricio Romano.
Takidlanishicha, Ramos ushbu masalani "Real" prezidenti Florentino Peresning o'zi bilan muhokama qiladi.
Ispaniyalik futbolchi jamoani yangilangan "Santyago Bernabeu" o'yingohiga boshlab chiqadigan birinchi sardori bo'lishni xohlamoqda. Arena 2022-23 yilgi mavsumda foydalanishga topshiriladi.
34 yoshli futbolchi "qirollik klubi" tarkibiga 2005 yilda "Sevilya"dan kelib qo'shilgan edi.