Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramos oyog'idan olgan jarohatidan keyin to'liq tiklandi, deya xabar tarqatmoqda Marca nashri.
Manbaning yozishicha, 34 yoshli ispaniyalik himoyachi hech qanday cheklovlarsiz mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda va EChLning 6-tur doirasida «Borussiya» (Menxengladbax) klubiga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.
«Qaymoqranglilar» nemislarni 9 dekabr kuni o'z maydonida qabul qiladi.