"Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) versiyasi bo'yicha 2020 yilning eng yaxshi posboni deb topildi.
Germaniyalik darvozabon o'tkazilgan so'rovnomada 320 ochko to'pladi. U yaqin ta'qibchisi "Atletiko" posboni Yan Oblakni ortda qoldirdi (40). Uchinchi pog'onani esa "Liverpul" darvozaboni Alisson band etdi (30).
34 yoshli Noyer faoliyati davomida beshinchi marta IFFHS tomonidan yil darvozaboni deb topildi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u Ikera Kasilyas va Janluidji Buffonga etib oldi.
IFFHS versiyasi bo'yicha 2020 yilning eng yaxshi darvozabonlari reytingi:
1. Manuel Noyer ("Bavariya") — 320
2. Yan Oblak ("Atletiko") — 40
3. Alisson ("Liverpul") — 30
4. Tibo Kurtua ("Real") — 15
5. Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona") — 10
6-8. Kasper Shmeyxel ("Lester") — 5
6-8. Keylor Navas (PSJ) — 5
6-8. Samir Xandanovich ("Inter") — 5.