Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Sevilya" – "Real Madrid" 0:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida "Sevilya" – "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH

67-daqiqa. Vinisius "podkat"da Yusuf En-Nesiriga nisbatan xavfli o'ynadi. Jarimadan uzatmadan keyin esa o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

66-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'z o'rnini Marko Asensioga bo'shatib berdi.  

65-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Suso qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, lekin yarim himoyachining zarbasi qovushmadi.  

64-daqiqa. O'zgarish! Bir yo'la uch nafar futbolchi alishtirildi. Lyuk De Yong, Jordan va Rakitich o'rniga Suso, Yusuf En-Nesiri, Nemanya Gudel "jangga" tashlandi.

62-daqiqa. "Real" raqibni imkon qadar to'psiz qoldirishga urinmoqda. Lukas Vaskesga nisbatan qo'pollik uchun jarima zarbasi belgilandi. Uni Toni Kroos amalga oshirdi, lekin Nachoning zarbasi noaniq ketdi.  

61-daqiqa. O'yin tempi oshdi. Markazda Nacho o'yin qoidasini buzdi.  

Uzatmadan so'ng Kurtua to'pga chiqib, osonlik bilan uni egallab oldi.  

60-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Luka Modrich ogohlantirildi. Bu o'yindagi ikkinchi sariq kartochka. 

59-daqiqa. "Sevilya" buyog'iga hujumga ko'proq futbolchi bilan borishga majbur. 

57-daqiqa. "Real"ning chap qanoti faollashib ketdi. Yana Mendi faol, undan keyin Vinisius to'pni qabul qilib, jarima maydoniga kirib bordi, lekin so'nggi pallada himoyachilar uni zararsizlantirishdi. 

55-daqiqa. GOOOOOOL! Vinisius Junior hisobni ochdi. Benzema to'pni qanotga tashlab berdi, Mendi tezligini ishga solib oldinroqqa o'tdi va Vinisiusni ko'rib, vaqtida uzatmani amalga oshirdi. Ushbu vaziyatda darvozabonning ham xatosi borligini takidlash lozimdek. 

53-daqiqa. Vinisius to'pni olib qo'yib daxshat tezlik olgandi, ammo Benzemadan to'p unga qaytib etib kelishiga himoyachilar imkon qoldirmadi.

52-daqiqa. Ajoyib zarbaaa! Lyuk De Yong qanotdan uzatilgan to'pni chalqancha uslubda darvozaga joylab qo'ymoqchi bo'ldi, lekin Kurtua ishonchli harakat qildi va gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. 

49-daqiqa. Ikkinchi bo'limda endi "Sevilya" faolroq, ko'proq to'p bilan muomalada bo'lmoqda. Lekin birinchi bo'limda bo'lgani kabi darvozalar oldida keskin vaziyatlar etishmayapti.  

47-daqiqa. Jordan texnikasini ishga solib, himoyachilarning ustidan oshirib to'pni jamoadoshiga etkazishga urindi, lekin Kurtua vaziyat keskinlashishiga yo'l qo'ymadi. 

46-daqiqa. "Sevilya" standart vaziyatga ega bo'ldi. Lekin undan naf chiqara bilmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi. 

Munir ikkinchi bo'limga qaytmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga Oliver Torres o'yinga qo'shildi.  

Bo'ldi, shu bilan birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi, biroz dam olib, ikkinchi bo'limga qaytamiz.

45+1-daqiqa. Bu daqiqa Munir El-Xaddadining oddiy joyda jarohat olishi bilan esda qoladigan bo'ldi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

Bo'lim so'nggida mezbonlar burchak to'pi ishlab oldi. Bu borada natija 2:2.

44-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Toni Kroos Lukas Okamposga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.  

41-daqiqa. Ortga qaytgan Benzemadan biroz tushunarsiz harakat va "Sevilya" burchak to'pi ishlab oldi. Uzatmadan keyin Tibo Kurtua osonlik bilan to'pni egallab oldi.  

40-daqiqa. Kazemiro to'p uchun kurashda Jordanning oyog'ini tepib oldi - maydon markaziga yaqin hududda jarima zarbasi. 

39-daqiqa. Qiziq statistik ko'rsatkich - 39-daqiqaga kelib, "Sevilya" o'yindagi ilk zarbasini yo'lladi. Lyuk De Yongning urinishidan keyin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi. 

38-daqiqa. Karim Benzemaaa! Ajoyib kombinaciyani braziliyalik futbolchi yaxshi zarba bilan yakunlayotgandi, lekin Bunu bu safar jamoasi joniga oro kirdi. 

36-daqiqa. "Sevilya" to'p bilan oldinga o'tgandi, lekin Lyuk De Yong hujumda Nacho nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

34-daqiqa. Modrich pressingda faollik ko'rsatib, to'pni jamoasiga olib berdi.  

To'p qanotga uzatildi va keyin jarima maydoni ichiga yo'llandi, lekin yordamchi hakam o'yindan tashqari holat bo'lganini qayd etdi. 

32-daqiqa. "Sevilya" standart vaziyatga ega bo'ldi.  

29-daqiqa. Hozira maydonda teng kurash kechmoqda va biroz "Real" futbolchilari g'alabaga chanqoqroqdek ko'rinishmoqda. Kim biladi deysiz, balki bu passivlik emas "Sevilya"ning o'yinga tanlagan taktikasidir.   

27-daqiqa. Oldinga chiqib ketgan Kunde to'pni yo'qotgach, Vinisiusga nisbatan taktik fol ishlatdi va ortiga ravona bo'ldi. 

25-daqiqa. "Sevilya" qarshi hujumga o'tgandi, hujumchi to'p Nachoning qo'liga tegdi deb to'xtab qoldi, lekin hakamning fikri boshqacharoq edi. 

24-daqiqa. "Real" tezkor hujum uyushtirishga harakat qilib ko'rdi, qaysidir manoda buning uddasidan ham chiqqandi, lekin Benzemaning uzatmasidan keyin Vinisius raqibning baquvvat himoyachisi bilan kurashni boy berdi.   

21-daqiqa. Vinisiusdan to'pni qabul qilib olgan Toni Kroos o'rta masofadan zarba yo'lladi, biroz noaniq. 

20-daqiqa. Lopetegining ko'rsatmasi shunday bo'lgan ko'rinadi, "Sevilya" futbolchilari himoyadan qisqa paslar bilan chiqishga, shu yo'l bilan raqibni o'ziga tortishga urinmoqda.  

19-daqiqa. Tajribali Xesus Navas to'p uchun kurashda Vinisiusni ayab o'tirmadi, hakam ispaniyalik futbolchini jiddiy ravishda ogohlantirdi va boshqa bunday harakat qilmaslikni tayinladi.  

17-daqiqa. So'nggi 2-3 daqiqada "Real" ustunlikni o'z tomoniga og'dirib oldi va raqibini hujumga chiqishiga imkon qoldirmayapti.  

Jarimadan Toni Kroos uzatmani amalga oshirdi, Yassin Bunu to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi, lekin Kazemiro bu safar raqib posbonini kechirdi. 

15-daqiqa. Ferlan Mendi aqlli harakat qildi, uzoq masofadan uzatilgan to'pni to'xtatgach, u raqibiga nasib qilishi mumkinligini sezgan himoyachi noqulay bo'lsada, o'ng oyog'ida oldinroqqa tashlab qo'ydi, "Sevilya" futbolchisi kelib unga urildi - jarima zarbasi. 

12-daqiqa. Rodrigo Modrichdan to'pni qabul qilib, qanotdan oldinroqqa o'tdi va jarima maydonidagi sheriklarini qidirdi, lekin to'p yo'l-yo'lakay Aleish Vidalga tegib, darvozabon qo'liga kelib tushdi. 

11-daqiqa. "Sevilya" bugun raqibidan qo'rqmayotgani va tengma-teng kurashishga tayyorligini ko'rsatib qo'ymoqda. 

9-daqiqa. Karim Benzema hujumda Vinisiusga to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Natijada Karlos raqibidan chaqqonroq harakat qilib, to'pni uzoqlashtirdi. 

8-daqiqa. Zinedin Zidan shogirdlarini ruhlantirishga urinmoqda.  

6-daqiqa. "Sevilya" chap qanotdan hujum qildi va Okampos to'pni jarima maydoni uzatdi, lekin sheriklari to'pga eta olmadi. 

4-daqiqa. Vinisius yana faollik ko'rsatmoqda, u qanotidan oldinga o'tdi, lekin himoyachi xavfni bartaraf eta oldi. 

3-daqiqa. "Sevilya" hujum uyushtirishga urinib ko'rdi, ammo Varan ishonchli harakat qildi. 

2-daqiqa. Sal qolishiga sal qoldi. Vinisius jarima maydonida to'pni qabul qildi va zarba yo'lladi, lekin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.  

Mezbonlar odatiy oq, "Qirollik klubi" esa bugun qora rangli liboslarda harakat qiladi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 

Mezbonlar tarkibiga qararkanmiz, hozirgi kunda jamoaning optimal tarkibi deyarli shunday ekanligini ispan futboliga befarq bo'lmagan muxlislar sezib ulgurdi albatta. Qayta-qayta etirof etilayotgan va grandlar etiborini o'ziga qaratib ulgurgan Jyul Kunde va Diego Karlos juftligi bugun "qaymoqranglilar" hujumlarini qaytarishga urinib ko'radi.   

Bugungi bellashuvni sizlar bilan kamina Omonjon kuzatib boraman. Anchayin qiyin vaziyatda turgan va bo'lajak o'yinlar taqdirini hal qiladi deyilgan Zinedin Zidan bugun "braziliyalik qanotlardan" foydalanishga qaror qildi. Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi. Vinisius va Rodrigodan aksariyat hollarda bittasi maydonda bo'sa, ikkinchisi zaxira o'rindig'idan tomosha qilardi.   

Kunning markaziy uchrashuvi boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. O'z o'yinlarini o'tkazayotgan jamoa muxlislari, shuningdek, "Bavariya" va "Leypcig" klublariga hurmatni yoddan chiqarmagan holda albatta. Sababi, "Ramon Sanches Pisxuan"ga kim tashrif buyurishidan qatiy nazar, mezbonlar ularni "iliq" kutib oladilar. "Real Madrid"ning hozirgi holati va uchrashuv atrofidagi, uning ishtirokchilari bilan bog'liq boshqa barcha jihatlarni inobatga olsak, tomoshabinlar orziqib kutgan o'yin bu aynan "Sevilya" va "Real Madrid".   

Sevilla

LaLiga . 12-tur

05/12/2020, 20:15

1 : 0 2-bo'lim

Real Madrid

Yassine Bounou - 56'

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

BestMaster
5 Dekabr 2020, 21:45
live , liga, sevilya, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads